Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti RQM tizimini joylashtirishni qo‘llab-quvvatladi
Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida, mamlakatda AQShning THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimi majmualarini joylashtirish g‘oyasini ma'qulladi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat KXDR tahdidlaridan himoyalanishning eng yaxshi yo‘li THAAD tizimlarini joylashtirish, degan xulosaga kelgan. Pak Kin Xe mamlakat aholisini Shimoliy Koreyaning harbiy tahdidlaridan himoya qilish uchun «barcha zaruriy choralarni ko‘rish»ga va'da bergan.
Avvalroq, Janubiy Koreya va AQSh, RQM tizimlarini Koreya yarimorolida joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Rasmiy Seul, mamlakatga o‘rnatiladigan RQM tizimlari Rossiya yoki Xitoyga qarshi qaratilmasligini ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026