Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanders Trampni diktator deb atadi
AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiyadan sobiq nomzod, senator Berni Sanders respublikachilar nomzodi Donald Trampning mamlakat muammolarini bir o‘zi hal qilish niyatida ekaniga e'tibor qaratdi.
"Tramp barcha muammolarni bir o‘zi hal qila olishini aytdi. Bu yigit prezident bo‘lmoqchimi yoki diktator?", — deya yozgan Sanders o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida.
"Balki u prezident kongress bilan kelishib ishlashi kerakligi haqida hech qanday tushunchaga ham ega emasdir", — deya qo‘shimcha qilgan senator.
AQSh prezidentligi uchun saylov 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Kongress va Senat uchun ham saylovlar o‘tkaziladi. Ayni vaqtda kongressda respublikachilar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Bundan oldinroq Sanders Yaqin Sharqdagi inqiroz nimadan boshlanganini Trampga eslatib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025