Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh chegara devorlari bilan o‘ralishini ma'lum qildi
Foto: RIA
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘zining dasturiy nutqi doirasida AQShning quruqlikdagi chegarasida devor qurish to‘g‘risidagi va'dasini takrorladi.
"Biz noqonuniy immigratsiya va zo‘ravonlikka chek qo‘yish, giyohvand moddalar oqimini to‘xtatish uchun buyuk chegara devorini bunyod qilamiz", - dedi Tramp Klivlenddagi Respublikachilar s'yezdining yopilishida.
U odam savdosi va chegaradan noqonuniy o‘tish, millionlab noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishga va'da berdi. "Muddati o‘tgan vizalar bilan bu yerda qolib ketayotgan millionlab kishilar uchun qoidalarni yo‘lga qo‘yib, qonunlarimizni hurmat qilishga majbur qilamiz", - deya ma'lum qildi Tramp.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning raqibi Hillari Klinton xalqqa "ommaviy amnistiya, ommaviy immigratsiya va ommaviy qonunsizlik"ni taklif qilmoqda.
"Uning rejasi barcha maktablar va shifoxonalarni (muhojirlar tomonidan) xavf ostiga qo‘yadi, ishchi o‘rinlar va maoshlarni qisqartiradi, muhojirlarga qashshoqlikdan qutulishga halal beradi", - dedi Tramp.
Mavzuga oid
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:55 / 09.10.2025