Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas brendi Ecco’ni sudga berdi
Adidas sport anjomlarini ishlab chiqaruvchi nemis brendi Daniyaning Ecco kompaniyasini o‘zining poyafzallari dizaynini ko‘chirishda ayblab, sudga berdi. Bu haqida finans.dk internet-portali ma'lum qildi.
“Ecco’ning qasddan o‘ylangan, maqsadli va yovuz niyatli harakatlari uch chiziqli mashhur Adidas brendiga qoplab bo‘lmaydigan zarar yetkazdi”, - deyiladi hujjatda.
Da'vo hajmi hozircha belgilanmagan, biroq nashrning ta'kidlashicha, 2008 yilda Adidas Amerikadagi Payless Shoesource poyafzal do‘konlari tarmog‘idan 65 million dollar undirib olishga muvaffaq bo‘lgan. Oregon okrug sudi do‘konni Adidas modellaridan nusxa ko‘chirishda hamda nemis kompaniyasining savdo markasi elementlarini noqonuniy ekspluatatsiya qilishda aybdor deb topgan. Dastlab 305 million dollar tovon puli belgilanib, keyinchalik uning hajmi pasaytirilgan.
Uch parallel chiziq – Adidas’ning 1949 yilda ro‘yxatdan o‘tkazgan tovar belgisi. Nemis kompaniyasining pul aylanmasi 2015 yilda 18,5 milliard dollarni tashkil qildi. Daniyaning Ecco’sida esa shu paytdagi ko‘rsatkich 1,3 milliardga teng.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026