Kreml iqtisodiyotni rivojlantirish muqobil rejasiga oydinlik kiritdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Rossiya iqtisodiyotini rivojlantirishning muqobil g‘oyalari ishlab chiqilayotganini ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
«Iqtisodiyotni o‘rta va uzoq istiqbolda rivojlantirishga oid g‘oyalarni ishlab chiqish ishlari bir necha tashkilot tomonidan va turli shaklda olib borilmoqda», — deya Peskov so‘zlarini keltiradi agentlik.
Peskovning qo‘shimcha qilishicha, bular haqiqatdan ham «ulardan qandaydir foydaliroq xulosa olish uchun lozim bo‘lgan» muqobil g‘oyalardir.
Avvalroq, 25 iyul kuni «Vedomosti» nashri xabar qilganidek, prezident Vladimir Putin Stolipin klubi hisobotini qayta ko‘rib chiqish va uning negizida iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi dasturini tayyorlash vazifasini topshirgan edi.
Mavzuga oid
22:08
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - OAV
15:56
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
14:18