Empire State Building binosini yashin urdi
25 iyuldan 26 iyulga o‘tar kechasi Nyu-York shahrida kuchli momaqaldiroq yuz berib, yog‘ingarchilik kuzatildi. Unda shahardagi osmono‘par binolardan biri Emrire State Building binosini yashin urgan. Bu lahzani suratkash Henrik Moltke videotasmaga muhrlab, internet tarmog‘iga joylashtirgan.
Lavhaga o‘z fikrini bildirganlar orasida «Imperiya qayta zarba beradi» filmiga qiyosan binoning nomini mazax qilganlar ham uchraydi.
Gizmodoning qayd etishicha, bino o‘zining balandligi bilan shaharning yashinqaytargichi vazifasini bajaradi, deyish mumkin. Chunki, Empire State Building binosini bir yilda bir necha marotaba yashin uradi. Ba'zan, bir kun ichida unga bir necha yashin tushadi.
Mavzuga oid
08:36 / 03.08.2024
Rossiya va G‘arb o‘rtasida mahbuslar almashinuvi: kim ozod etildi va ular nima uchun hibsga olingandi?
00:47 / 21.09.2023
Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi yakunlandi
10:57 / 08.09.2023
Nyu-York meri noqonuniy muhojirlar oqimi shaharni vayron qilishi mumkinligini aytdi
10:56 / 10.06.2023