Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Yevropol YeIda yuzlab terrorchilar mavjudligidan ogohlantirmoqda
YeIning politsiya xizmati, ayni vaqtda tashkilot hududida bir necha yuz nafar haqiqiy terrorchilar borligini taxmin qilmoqda, deb yozadi Germaniyaning Neue Zürcher Zeitung gazetasi Yevropol vakili so‘zlariga asoslangan holda.
Gap, Suriya va Iroqda IShID safida jang qilib qaytgan jangarilar haqida bormoqda, deya mavzuga oydinlik kiritadi nashr. Umuman, Yevropol 5 mingga yaqin shunday “xorijlik jangarilar”ni hisoblab chiqqan. Ularning uchdan biri, ya'ni 1500-1800 nafari, terrorchilar safida bo‘lib, YeIga qaytib kelgan.
"Ularning aksariyatida albatta, terrorchilikni amalga oshirish niyati ham, imkoniyati ham yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, Yevropa xavfsizligiga rahna solayotgan yuzlab terrorchilar bor", - deb qayd etgan YeI politsiya xizmatida.
Shunga ko‘ra, Yevropol turli mamlakatlar huquq-tartibot idoralari bilan jiddiy hamkorlik qilish niyatida.
Mavzuga oid
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
10:36 / 22.12.2025
Ushakov: Ukraina, YeI va AQSh takliflarining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelmaydi
16:05 / 20.12.2025
Kiyev YeI sammiti haqida: RFning Ukrainani qulatishga qaratilgan hisob-kitobi barbod bo‘ldi
15:21 / 20.12.2025