Texnologiya | 18:16 / 27.07.2016
5456
2 daqiqa o‘qiladi

Google smartfonlar egalarini spam-qo‘ng‘iroqlardan himoya qiladi

Google kompaniyasi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish funksiyasiga yangilik kiritdi. U, Android-qurilmalari egalarini telefon spamlaridan himoya qiladi. Dastur, kiruvchi qo‘ng‘iroq spam bo‘lishi mumkinligini ko‘rish va uni to‘sib qo‘yish imkonini beradi. Aytish joizki, bu kabi spam-filtr Android dasturining "etalon" rusumlari — xususan, Nexus yoki AndroidOne telefonlarida ishlaydi.

Smartfon sozlamasida kiruvchi qo‘ng‘iroq muallifini aniqlash xizmati (Caller ID) yoqilgan bo‘lsa, spam, avto- yoki shunchaki shubhali qo‘ng‘iroq haqida raqam ostida ogohlantiruvchi yozuv paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar, qo‘ng‘iroqni bekor qilish barobarida uni “qora ro‘yxat”ga kiritishlari va bu haqda Google xizmatini ogoh etishlari mumkin bo‘ladi. 

Shunga ko‘ra, tez orada Nexus va AndroidOne-qurilmalarining dasturiy ta'minoti uchun yangilanishlar chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid