Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda terror xavfi tufayli qurollangan politsiyachilar ko‘paymoqda
London ko‘chalarida 3 avgust kunidan boshlab qurollangan politsiya xodimlari ko‘payadi. Bu haqida London meri Sodiq Xon va shahar politsiyasining boshlig‘i ser Bernard Xogan-Xou ma'lum qilishdi.
Yevropada tez-tez ekstremistlar hujumlari amalga oshirilayotgani uchun shahar hokimiyati shunday chora ko‘rishga majbur bo‘ldi.
“Germaniya, Belgiya, Fransiyaga ketma-ket hujumlar uyushtirildi, bizning bu dalillarni inkor qilishimiz aqlsizlik bo‘lar edi. Shu bois ko‘chalarda tahdidga munosib javob qaytara oluvchi qurolli politsiyachilarning bo‘lishi juda muhim”, - deya ma'lum qildi Xogan-Xou.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan politsiyachilar shaharning ba'zi tumanlarini kecha-yu kunduz qo‘riqlashadi. Bu birinchi navbatda, sayyohlik obidalari va odamlar ko‘p to‘planadigan joylarga tegishli.
“Londonliklar politsiya va xavfsizlik xizmati xodimlari ularning osoyishtaligini ta'minlash uchun har tomonlama harakat qilishayotganiga ishonch hosil qilishlari kerak”, - deya ma'lum qildi London meri Sodiq Xon.
Bundan avval ko‘chalardagi qurollangan politsiyachilar sonini 600 kishiga ko‘paytirish rejasi haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026