Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016: Ruslan Nuriddinov Olimpiada rekordini o‘rnatgan holda O‘zbekiston uchun ikkinchi oltin medalni taqdim etdi
Ruslan Nuriddinov O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha vazni 105 kilogrammgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasida musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston vakiliga teng keladigan raqib topilmadi.
Avvaliga Ruslan Nuriddinov dast ko‘tarishda 194 kg. natija qayd etdi.
Siltab ko‘tarishda esa dastlabki ikkita urinishda 225 va 230 kg. shtangani ko‘tarib, oltin medalni hal qilib qo‘ydi. So‘nggi urinishda olimpiya rekordi hisoblangan 237 kg. toshga buyurtma berildi va rekord o‘rnatildi.
Dast ko‘tarishda g‘olib chiqqan yana bir o‘zbekistonlik Ivan Yefremov, siltab ko‘tarishda 220 kg. shtangani ko‘tardi. Uning umumiy natijasi 414 kg.ni tashkil qildi va Ivan 5-o‘rinni egalladi.

Armanistonlik Simon Martirosyan 417 kg. natija bilan kumush, qozog‘istonlik Aleksandr Zaychikov 416 kg. bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Rio-2016. Og‘ir atletika, erkaklar, 105 kg
1. Ruslan Nuriddinov (O‘zbekiston, 104,96) — 194 + 237 = 431 kg.
2. Simon Martirosyan (Armaniston, 104, 63) — 190 + 227 = 417
3. Aleksandr Zaychikov (Qozog‘iston, 104,51) — 193 + 223 = 416
4. Yang Chje (Xitoy, 104,59) — 190 + 225 = 415
5. Ivan Yefremov (O‘zbekiston, 104,90) — 194 + 220 = 414
6. Muhammadrizo Baroriy (Eron, 104.65) — 186 + 220 = 406
7. Arkadiush Mixalskiy (Polsha, 104,77) — 179 + 221 = 400
8. Arturs Plesniyeks (Latviya, 103,99 kg) — 181 + 218 = 399
9. Bartlomey Bonk (Polsha, 104,07) — 180 + 0






Mavzuga oid
11:57 / 30.10.2025
Riodagi qonli reyd: qurbonlar soni 130 kishidan oshdi
10:11 / 30.10.2025
Braziliyada narkomafiyaga qarshi operatsiya: deyarli 120 kishi halok bo‘ldi
16:12 / 29.10.2025
Rioda jinoiy to‘daga qarshi qonli reyd: politsiya amaliyoti chog‘ida 64 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 19.09.2025