Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Evakuatorda olib ketilayotgan mashina tezligini me'yordan «oshirib» yubordi
Rossiyaning Tatariston respublikasi fuqarosi, tezlikni oshirganlik uchun jarima to‘lash to‘g‘risida ogohlantirish maktubini oldi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti». Voqeaning g‘aroyibligi shundaki, jarima yozilgan mashina «tezlikni me'yoridan oshirgan» vaqtda evakuatorda olib ketilayotgan bo‘lgan.
Ushbu maktubning suratini mahalliy fuqaro o‘zining Instagramdagi sahifasiga joylashtirgan. Maktubda ta'kidlanishicha, uning avtomobili belgilangan me'yor 60km/soat bo‘lishiga qaramay, soatiga 82 km tezlikda harakatlangan. Ammo, DAN qaroriga ilova qilingan suratda, mashinaning evakuator ustida turgani yaqqol ko‘rinib turibdi.
Tatariston davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi, jarima bekor qilinganini ma'lum qilib, bunday hodisa qanday ro‘y berganiga izoh bera olmagan.
Hozirgi vaqtda, Hyundai egasiga yozilgan jarima bekor qilingan. Chunki, u avtohalokat joyidan Hyundai mashinasini olib ketishi uchun xususiy evakuatorni chaqirgan. Shunga ko‘ra, aslida ayni evakuator belgilangan tezlikni oshirgani ma'lum bo‘ladi. Endilikda, evakuator haydovchisiga jarima solish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Yo‘l harakati inspeksiyasi vakilining so‘ziga ko‘ra, yo‘llardagi qonunbuzarliklarni qayd qiluvchi «Kordon» tizimi jarimani evakuator raqamiga yozishi kerak bo‘lgan. Ammo, dastur xatolikka yo‘l qo‘ygan.
Mavzuga oid
14:49 / 24.01.2026
Rossiyada urush qatnashchilarini dafn etish uchun rekord mablag‘ ajratildi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:05 / 24.01.2026
2025 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 30 foizga oshdi
12:52 / 24.01.2026