Fan-texnika | 21:58 / 17.08.2016
5289
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya hukumati benzin va dizel dvigatelli mashinalarni taqiqlashdan bosh tortdi

Norvegiya hukumati mamlakatda 2025 yildan boshlab benzin va dizel dvigatelli mashinalarni haydashni taqiqlaydigan qonun loyihasini qabul qilmoqchi. Bu haqda Automotive News ma'lum qildi. 

Bahorda Niderlandiya parlamenti 2025 yildan boshlab mamlakatda ichki yonuv dvigateliga ega mashinalarni sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagandi. Parijda 2020 yildan faqatgina "Yevro-5" standartiga mos keluvchi dvigatelli avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat berilmoqchi. Shahar markaziga 2011 yildan keyin chiqarilgan mashinalargina kira oladi. 

Norvegiya transport vazirligi vakili mamlakat rahbariyatida bunday taqiqlovlarni kiritish rejasi yo‘qligini aytdi. "Hukumat ekologik toza mashinalarning keng tarqalishiga qat'iy choralar bilan erishmoqchi emas", deb aytdi vakil.

Uning fikricha, yangi turdagi dvigatelli avtomobillar qaziluvchi yonilg‘ida ishlovchi motorli transport vositalarini sekin-asta o‘zi siqib chiqaradi va shuning uchun hech qanday taqiqlov kerak bo‘lmaydi.  

Ayni vaqtda Norvegiyada sotilayotgan avtomobillarning to‘rtdan bir qismi vodorod va elektr dvigatelli mashinalar ulushiga to‘g‘ri keladi. 

Norvegiyada "yashil" avtomobillar egalari transport vositasini sotib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish solig‘idan ozod etiladilar. Bundan tashqari, ular bepul parkovka, jamoatchilik transporti uchun mo‘ljallangan polosalar bo‘yicha harakatlanish hamda quvvatlovchi stansiyalardan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.

Mavzuga oid