Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilmoqda
Farg‘ona shahrida viloyat hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Ma'naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi va bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido O‘zbekistonim!” shiori ostidagi ijodiy ishlar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Eng ulug‘, eng aziz bayram-vatanimiz mustaqilligining 25 yillik ayyomini munosib kutib olish maqsadida viloyatda ko‘plab ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Har kuni oqshom Farg‘ona shahridagi Teatr-konsert saroyida “Mustaqillik shukronasi” tadbirlari farg‘onaliklar va mehmonlarga bayram kayfiyatini ulashmoqda. Bunday oqshomlar boshqa va shahar va tumanlarda ham tashkil etilmoqda.
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur tanlov ham ana shu ishlar sirasidan. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Ahadjon Akbarovning ta'kidlashicha, o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillari o‘rtasida mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan mazkur tanlovda 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan yosh iqtidor egalari tasviriy san'at va she'riyat ishtirok etmoqda.
Farg‘ona shahridagi “Bolajon” kafesi har kuni yoshlar bilan gavjum. Bu yerda ijodiy ishlar qabul qilinmoqda. Bugungi kunga qadar yoshlar orasidan mustaqilligimizni qadrlash, asrab avaylash va uni mustahkamlashga oid 200ga yaqin ijodiy ishlar qabul qilindi.
Tanlov g‘oliblarini aniqlash uchun maxsus komissiya tashkil qilingan bo‘lib, ularni baholashda tanlov Nizomiga qatiy rioya qilinmoqda.
Farg‘ona shahrida yashovchi Ziyodaxon Valiyeva qizi Sharofatxon Tohirovani tanlov shtabiga olib keldi. 4-umumta'lim maktabining 3-sinfida o‘qiyotgan Sharofatxon rasm chizishga qiziqadi. Tanlov uchun o‘zining “Mustaqillik” deb nomlangan ijodiy ishini taqdim qilar ekan, g‘olib bo‘lishiga ishonchi baland.
Xursanoy Vahobova ham tanlov ishtirokchilaridan biri. U she'riyatga qiziqadi. 5-sinf bo‘lishiga qaramasdan ko‘plab she'rlar muallifiga aylangan yosh iqtidor egasi so‘zlardan mohirona foydalana oladi.



Tanlov 25 avgustga qadar davom etadi.
Ma'sudjon Sulaymonov.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026