Jahon | 10:35 / 18.08.2016
8484
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh Islandiyaga yadro qurolini yashirincha joylashtirishni rejalashtirgan

Foto: AP

“Milliy xavfsizlik xizmati arxivi” loyihasi doirasida e'lon qilingan maxfiy hujjatlarda AQSh 50-yillarda Islandiyaga yashirin ravishda yadro kallaklari joylashtirishni rejalashtirgani yozilgan. Popular Science nashrining yozishicha,  bu haqida Vashington ommaviy ravishda e'lon qilishni istamagan.

Hujjatga muvofiq Islandiya AQShdan doimiy ravishda mamlakatda yadro quroli bo‘lmasligiga kafolat talab qilib kelgan. Ammo AQSh Davlat departamenti bunday va'dalar faqatgina sobiq ittifoq uchun foydali bo‘lishini ta'kidlab kelgan.

Pentagon, shunga qaramay, yadro quroli ustida ishlarni davom ettirgan. Shunda Islandiya hukumati bu haqda bilib qoladi va NATOdan chiqib ketishi bilan tahdid qiladi.

Keyingi ma'lumotlarga ko‘ra, Islandiyada amalga oshirilgan ushbu ishlar foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid