Sport | 23:15 / 18.08.2016
16265
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, boks. Murodjon Ahmadaliyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Rio Olimpiadasida 56 kg.cha bo‘lgan vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Murodjon Ahmadaliyev yarim finalda kubalik Robeysi Ramiresga qarshi ringga chiqdi. Jang 3:0 (29:28,29:28, 30:27) hisobida kubalik bokschi foydasiga hal bo‘ldi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu medal O‘zbekiston uchun sakkizinchisi bo‘ldi: 2ta oltin, bitta kumush, 5ta bronza.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid