Sport | 15:44 / 19.08.2016
10757
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Ortiqovni Olimpiya medalidan mahrum etishgani bo‘yicha tergov o‘tkazadi

Qirg‘iziston Milliy olimpiya qo‘mitasi og‘ir atletikachi Izzat Ortiqov doping tekshiruvida strixnin moddasi chiqqani sabab, Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali olib qo‘yilgani munosabati bilan tekshiruv o‘tkazadi. Bu haqda, Respublika yoshlar, jismoniy madaniyat va sport agentligi ma'lum qilgan. 

Ortiqov og‘ir atletika bo‘yicha 69 kggacha vazn toifasida jami 339 kg (151kg dast ko‘tarish va 188 kg siltab ko‘tarish) natija ko‘rsatib bronza medaliga sazovor bo‘lgandi. Ortiqovning medali Qirg‘iziston terma jamoasining yagona medali edi. Biroq, sportchining doping-namunasi strixnin moddasiga ijobiy natija bergan. Shundan so‘ng, Sport hakamlik sudi Ortiqovni bronza medalidan mahrum etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
 
Davlat agentligiga ko‘ra, strixnin moddasi sportchining ikkala namunasida ham topilgan. 

Endilikda, ushbu masala bo‘yicha respublika milliy qo‘mitasida maxsus komissiya tuziladi. Sportchi musobaqalardan chetlatish masalasini esa, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi hal qiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid