Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada halol xonalarni bandlashning yagona tizimi paydo bo‘ldi
Rossiyada, endilikda, halol me'yorlariga mos keluvchi mehmonxona xonalarini bandlash imkoni paydo bo‘ldi. Bu haqda Moskva sobor masjidida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "Vektor" kompaniyalar guruhi bosh direktori Georgiy Jashkov ma'lum qildi. U, Rossiya muftiylari kengashi bilan kelishgan holda ayni loyihani hayotga tatbiq etish borasida mutlaq huquqni qo‘lga kiritdi.
"Halol sertifikatiga ega mehmonxonalarda xonani buyurtma qilishning yagona portali yaratilmoqda. Bundan tashqari, maxsus yagona darcha markazi tashkil etiladi", - degan Jashkov. Ayni vaqtda, ikkala tizim ham sinov tariqasida ishga tushirilgan.
Halol xonalariga ega mehmonxonalarni baholash tizimi ham ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Qur'oni Karim, ibodatlar vaqti, Qiblaning ko‘rsatilgani, yaqin orada halol tamaddixona va yoki halol taomni yetkazib berish xizmati mavjud restoranlar yaqinidagi mehmonxonalarga bir oy (yulduz emas) beriladi.
Shunday qilib, mehmonxonalar Islom me'yorlariga to‘liq mos kelib, alohida oshxona, cho‘milish havzalari, sauna, sartaroshxonaga ega bo‘lsa va mehmonlarga ular bilan bir jins xodimlar xizmat ko‘rsatsa, beshta oyga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026