Jahon | 15:15 / 19.08.2016
7996
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp keskin fikrlari uchun birinchi marta kechirim so‘radi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘zining keskin izohlari uchun uzr so‘radi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi. 

U aytgan so‘zlari kimgadir og‘ir botgan bo‘lsa, bundan afsusda ekanligini bildirdi. 

"Ba'zan munozara jazavasida kerakli so‘zlarni topa olmaysiz, noto‘g‘ri so‘zlar og‘zingizdan chiqib ketadi. Men ham shunday qilganman. Ishonasizmi yo‘qmi, bundan o‘zim afsuslanaman, ayniqsa, gaplarim kimgadir og‘ir botgan bo‘lsa", - dedi u. 

Bundan tashqari, Tramp "doim haqiqatni gapirish"ga va'da bergan. 

Manbaga ko‘ra, milliarderning bunday chiqish qilishi uning nufuzi pasayishi bilan bog‘liq. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid