Sport | 19:06 / 22.08.2016
15232
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh yozgi Olimpiadani o‘tkazish imkoniyatidan mahrum etilishi mumkin

AQShning Los-Anjyelesda 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga arizasi rad etilishi mumkin. Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasida AQShga qarshi kayfiyatlar kuchaymoqda.   

"Los-Anjyeles arizasi ba'zi to‘siqlarga uchrashishi mumkin", deb aytdi agentlik manbasi.

Ta'kidlanishicha, bunga AQShning rossiyalik sportchilarning Riodagi Olimpiadadan chetlatilishi bilan bog‘liq mojarodagi roli sabab bo‘lmoqda. Qo‘mitaning ko‘plab a'zolarining fikricha, aynan AQSh  Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) va boshqa tashkilotlarning qaroriga ta'sir qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga, shuningdek, Rim, Budapesht va Parij ham da'vogarlik qilmoqda. Ushbu masala bo‘yicha qaror 2017 yil sentabrda XOQ tomonidan qabul qilinadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid