Jahon | 15:55 / 24.08.2016
9082
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy KXDR yadro va raketa dasturiga o‘z munosabatini bildirdi

Xitoy hukumati, Shimoliy Koreyaning o‘z yadro va raketa dasturini rivojlantirishni davom ettirishiga qarshi, deya bayonot bergan mamlakat tashqi siyosat mahkamasi rahbari Van I.

"Xitoy KXDRning raketa va yadro dasturlarini rivojlantirish jarayoni, shuningdek, Koreya yarim orolidagi keskinlikni kuchaytiruvchi har qanday harakatlarga qarshi", - degan Van I. U, Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirining Tokioda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunida shunday fikrlarni bildirgan. 

Shu bilan u, Shimoliy Koreyaning suvosti kemasidan ballistik raketasini uchirganiga rasmiy Pekin munosabatini ma'lum qilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid