Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh muhojirlik qonunlarini yumshatishi mumkin
AQSh prezidentligi uchun respublikachi nomzod Donald Tramp, davlat rahbari lavozimiga saylangudek bo‘lsa, noqonuniy muhojirlarga nisbatan qonunlarni birmuncha yumshatishi mumkinligi haqida bayonot berdi.
«Yumshatish, albatta, bo‘lishi mumkin. Chunki, biz odamlarga zarar keltirishni istamaymiz. Ular bizga kerak, bizning mamlakatimizda ajoyib insonlar istiqomat qiladi», – degan milliarder Fox News telekanali efirida.
Tramp, boshlovchining qonunga rioya qiluvchi va uzoq vaqtdan beri mamlakatda noqonuniy istiqomat qilib, farzand tarbiya qilayotganlar uchun qonunchilikni o‘zgartirish mumkinmi?, degan savoliga shunday javob bergan.
Respublikachi nomzodning bayonoti uning muhojirlarga nisbatan tutgan keskin qarashidagi ijobiy o‘zgarishni anglatadi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026