Jahon | 14:43 / 25.08.2016
8238
3 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Suriyadagi amaliyotlar Turkiya tashqi siyosatidagi tub burilishni anglatadi

Turkiya armiyasining Suriyada harbiy amaliyot o‘tkazishi, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tashqi siyosatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berganini anglatadi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Nashrga ko‘ra, Erdo‘g‘an shu bilan iqtisodiyot va xavfsizlikka putur yetkazayotgan va uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan “xalqaro qamal”dan chiqishga hamda AQSh kabi hamkorlari bilan yaqinlashishga urinmoqda. 

«Biz duch kelayotgan voqealar Suriyadagi vaziyat va Suriyaga nisbatan siyosatimiz oqibatidir», — degan Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘mon Kurtulmush.

Yuqori lavozimli mulozimning so‘zlariga ko‘ra, tashqi siyosatni qayta ko‘rib chiqish, diplomatiyaga birmuncha pragmatik yondashuvni anglatadi. Ularning aytishicha, Suriyada zo‘ravonliklarga barham berishga urinish Rossiya bilan yarashishga yordam bergan. Endilikda, AQSh bilan munosabatlarni iliqlashtirish bosh vazifadir. Nashr manbasining ma'lum qilishicha, Turkiya rasmiy Vashington va Tehron o‘rtasidagi o‘ziga xos diplomatik vositachi bo‘lishni istamoqda. 

WSJ nashri Turkiyaning Suriyaga nisbatan tashqi siyosatida yuz bergan o‘zgarishlar qatoriga, Anqaraning prezident Bashar Asadga nisbatan tutib kelgan keskin pozitsiyasi yumshaganini kiritish mumkin. Bundan avval, u faqat Asad qanday bo‘lmasin ag‘darilishi kerak, degan fikrni himoya qilib kelayotgan edi. 

Endilikda, Turkiyaning harbiy jangovar amaliyotlari, uning Suriya hududiy yaxlitligi borasida AQSh, Rossiya va Eron bilan maqsadi umumiyligini bildiradi. Nashrning ta'kidlashicha, rasmiy Vashington va Anqara, suriyalik kurdlar o‘z majburiyatlariga rioya qilmayapti, deb hisoblamoqda.  Rasmiy shaxslar, agar ittifoqchilar ularni kurd yo‘nalishida qo‘llab-quvvatlashsa, ko‘plab diplomatik muammolarga ko‘z yumishga tayyor ekanliklarini aytishmoqda. 

«Barchasini unuting. Agar ular biz bilan shu masalada yakdil bo‘lishsa, biz ular bilan muloqotni davom ettiramiz», — degan yuqori lavozimli turk mulozimi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid