Jahon | 16:01 / 26.08.2016
6705
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj Klinton kampaniyasiga keskin ruhda baho berdi

Foto: AFP

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonning saylovoldi kampaniyasini tanqid qilib, uni "Rossiyaga qarshi jazava" deb atadi. 

"Ushbu saylovoldi kampaniyasida matbuotning o‘ta siyosiylashib ketganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Klinton shtabining, barchani Rossiya josuslari deb atashi tashvish uyg‘otayapti. Bu juda ham xavotirga solmoqda", — degan Assanj Fox News telekanaliga bergan intervyusida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Klinton o‘z tashviqotida xavfsizlik mavzusiga ishonch bildirayapti. 

"U, Rossiyaga nisbatan neomakkartizm ruhidagi jazavani mahkam tutib olib, undan kampaniyasida faol foydalanayapti", — deya ishonch bildirmoqda Assanj.

WikiLeaks asoschisi shuningdek, Tramp ham o‘z kampaniyasida xatolarga yo‘l qo‘yayotganini ta'kidlagan bo‘lsa-da, uni Rossiya josusi deyish noto‘g‘ri ekanini bildirgan. 

Mavzuga oid