Jahon | 14:17 / 26.08.2016
6019
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi zilzilalar oqibatida 300 ga yaqin tarixiy obidalar vayron bo‘ldi

Italiyadagi kuchli zilzilalar oqibatida ko‘plab arxitektura obektlari qisman yoki butkul vayron bo‘ldi. Hammasi bo‘lib tabiiy ofat oqibatida tarixiy qiymatga ega bo‘lgan 293 binoga ziyon yetdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

XIII-XIV asrlarga tegishli ibodatxonalar va saroylarga ko‘proq zarar yetgan. Zilzila oqibatida Amatriche tarixiy markazi butkul vayron bo‘lgan. Uning bosh diqqatga sazovor joylaridan biri – avliyo Frantsisk bazilikasi qisman qulagan, markaziy vitraji esa butkul vayron bo‘lgan. Shuningdek, 1428 yilda qurilgan avliyo Avgustin cherkovi ham butkul vayron bo‘lgan.
 
Italiyada 24 avgustda 6,0 va 5,4 magnitudali zilzilalar yuz berdi. Oqibatda Amatriche va Akkumoli shaharlari deyarli butkul vayron bo‘lgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 250 kishi halok bo‘lgan. Biroq qurbonlar soni muntazam oshib bormoqda. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid