Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada politsiyasi xodimalarining diniy liboslariga ruxsat berdi
Kanada politsiyasida xizmat qilayotgan musulmon-ayollarga xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda ro‘mol o‘rashlariga ruxsat berildi, deb yozmoqda The Globe and Mail.
Qayd etilishicha, bundan maqsad, mamlakat politsiyasi safiga ko‘proq musulmon ayollarni jalb etishdir. Shu munosabat bilan, barcha xavfsizlik me'yorlariga javob beradigan hijob dizayni ishlab chiqilgan.
«Bularning bari Kanada politsiyasida ishlashni xohlagan musulmon ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda», — degan Kanada jamoat xavfsizligi vaziri Ralf Gudeyl.
Uning fikricha, yangilik Kanada politsiyasining zamonaviy hamda «barcha irqiy va diniy qarashli insonlarni qadrlab, hurmat qiluvchi» tashkilot ekanini namoyish etadi.
Hujjatda, 1990-yildan beri mamlakat politsiyasida xizmat qiluvchi sikx erkaklar an'anaviy bosh kiyimlari - chalmani o‘rab yurishlari mumkinligi ta'kidlangan.
Shu paytga qadar, Kanadaning Toronto va Edmonton shahar politsiyasidagi musulmon ayollar o‘z diniy liboslarida xizmat qilishlariga ruxsat berilgan edi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda AQShning ayrim shtatlari ham izn bergan.
Mavzuga oid
11:19
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026