Jahon | 15:24 / 26.08.2016
12546
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Putin Chexiyada tobora mashhur bo‘lib bormoqda

Shu kunlarda Germaniya kansleri Angela Merkel rasmiy tashrif bilan Chexiyada bo‘lib turibdi, deb yozadi Die Welt nashri.

Gazetaning qayd etishicha, bundan avval, Merkel chexlar orasida mashhur bo‘lgan. Ular, Merkelni Chexiyaning sodiq ittifoqchisi deb hisoblashgan. Xususan, bir yil muqaddam, GFR kansleriga Chexiya aholisining 70 foizi ishonch bildirgan. 

Biroq, Merkel o‘zining «mehmondo‘stlik siyosati»ni yurita boshlagach, uning Chexiyadagi tarafdorlari soni keskin pasayib ketdi. O‘tgan hafta dam olish kunlari o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, atigi 18 foiz chexlar Germaniya kansleriga ijobiy yondashuvda. Ayni chog‘da, ular Rossiya prezidenti Vladimir Putinni nashrning yozishicha, Rossiyadagi «salkam mo‘'jiza» deb atashmoqda. 

«To‘g‘risini aytganda, menga u xonim kerak emas. Biz Merkel xonimdan to‘ydik. Aynan u, qochqinlarni bu yerga taklif qildi», — deydi so‘rovda ishtirok etganlardan biri. 

Boshqalar esa, Merkel xususida berilgan savolga qo‘llarini silkitib qo‘yishmoqda. Ayrimlari, hatto qarg‘ab ham qo‘yishadi, deb yozadi nashr. Bundan tashqari, Chexiyadagi ijtimoiy tarmoqlarda, Merkelning tashrifi munosabati bilan norozilik namoyishlari o‘tkazishga chaqiriqlar yangramoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid