Jahon | 17:12 / 26.08.2016
10893
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi masjidlardan birida ibodat vaqtida qandil tushib ketdi

Turkiyaning Kayseri shahridagi masjidda ibodat qilinayotgan vaqt qandil tushib ketdi va bundan kamida 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda Haberturk telekanali xabar bermoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qandilni juma kuni o‘rnatishgan edi. U ayni ibodat vaqtida odamlarning boshiga tushgan.

Jarohatlanganlarni masjiddan olib chiqishgan va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid