Jahon | 15:42 / 26.08.2016
7084
1 daqiqa o‘qiladi

Jyenevada Suriya inqirozi bo‘yicha Rossiya-AQSh muzokaralari boshlandi

Jyenevaning "Prezident Uilson" mehmonxonasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Jon Kerri o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi. Uning bosh mavzusi Suriyadagi terrorchilarga qarshi kurashda Rossiya-AQSh sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirishdir. 

Hozircha, mazkur uchrashuvda biron yakuniy hujjat qabul qilinadimi-yo‘qmi, noma'lumligicha qolayapti. Ammo, aytish joizki, bungacha ikki davlat diplomat va harbiy ekspertlari ushbu masalani muhokama qilishdi. Kun tartibining Suriya mavzusi Halab shahriga oid gumanitar, vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish va siyosiy jarayonlarni boshlash masalasini ham o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, Turkiyaning Suriya bilan chegarasidagi jangovar amaliyoti ham muhokama etilishi mumkin. 

Lavrov va Kerri Ukrainadagi vaziyat hamda ikki tomonlama munosabatlarga oid boshqa masalalar borasida ham fikr almashishadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid