O‘zbekiston | 10:55 / 27.08.2016
8984
1 daqiqa o‘qiladi

Eduards Stiprays O‘zbekistonda YeI delegatsiyasiga boshchilik qiladi

Latviyalik Eduards Stiprays O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasiga rahbar etib tayinlandi.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Eduards  Stipraysni ushbu lavozimda ishlashini tasdiqlagan.
Eduards Stiprays bu vazifaga qadar siyosiy direktor sifatida tashqi ishlar vazirligida davlat kotibi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

U 2016 yilning sentabr oyidan boshlab yangi lavozimida ish boshlashi rejalashtirilgan.
Eduards Stiprays O‘zbekistonda YeI delegatsiyasi lavozimiga bolgariyalik Yuriya Shterka o‘rniga kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid