Jamiyat | 18:12 / 29.08.2016
5372
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada paraplanerchi 400 metr balandlikdan qulab tirik qoldi

Leningrad viloyatilik 30 yoshli erkak paraplanda parvoz qilayotganda nazoratni yo‘qotib, 400 metr balandlikdan yerga qulagan. U baxtli tasodif tufayli tirik qolgan, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.

Hodisa Modolitsa qishlog‘ida ro‘y bergan. Yakshanba, 28-avgust kuni kechqurun politsiya mahkamasiga kelgan xabarda, 1986-yilda tavallud topgan erkak shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelingani ma'lum qilingan. U paraplanda uchayotgan vaqtda qulab tushgani bois, bosh-miya jarohati olgani va og‘ir ahvolda ekanini ta'kidlangan. 

Life saytining xabariga ko‘ra, jabrdiydaning o‘ng boldir suyagi singani va bel sohasida jarohat olgani aniqlangan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid