AQSh senator-demokrati Rossiyaga nisbatan g‘aroyib ayblovni ilgari surmoqda
Amerika senatining demokratlar fraksiyasi yetakchisi Geri Ridning bayonot berishicha, Rossiya hukumati AQSh prezidentligi uchun bo‘lajak saylov natijalarini soxtalashtirishni rejalashtirmoqda. Uning FQB direktori Jyeyms Komiga yo‘llagan va shu kabi qarashlari bitilgan maktubi bilan The New York Times nashri tanishib chiqqan.
Ridning fikricha, Rossiyaning AQSh saylovoldi kampaniyasiga aralashuvi ko‘lami «boshqalar o‘ylaganidan kengroq bo‘lib, rasmiy natijalarni qalbakilashtirish rejasini ham o‘zida mujassam etishi mumkin». Biroq, senator saylov natijalari qaysi usulda soxtalashtirilishi mumkinligi borasida fikr bildirmagan.
Ridning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati va maxsus xizmatlar xakerlarning Demokratik partiyaga hujum uyushtirayotganidan xabardor bo‘lsa-da, qasddan bu holatni fosh etishmayapti.
«Obamaning kuchi ham mana shunda. U ko‘proq ma'lumotlar yig‘ilishini kutmoqda. Prezident vaqti kelganida bu masalani qanday hal etishni juda yaxshi biladi», — degan demokrat.
Mavzuga oid
20:14
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024