Texnologiya | 10:55 / 30.08.2016
3841
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh tadqiqot markazlariga kiberhujum uyushtirildi

AQSh Demokratlar partiyasining elektron yozishmalariga hujum qilishda ayblangan "Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi" xakerlar Amerikaning bir qator  tadqiqot markazlariga hujum qilishdi. Bu haqida Defense One ma'lum qildi

Crowdstrike kompaniyasining axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi Dmitriy Alperovichning so‘zlariga ko‘ra, gap Rossiyaga katta e'tibor qaratuvchi tadqiqot markazlari, xususan, Vashingtondagi Xalqaro va strategik tadqiqotlar markazi  haqida ketmoqda. Manbaga ko‘ra, xakerlarning hujumidan "beshga yaqin tashkilot va o‘n nafar xodim" zarar ko‘rgan, biroq ma'lumotlarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘linmagan. 

Kompaniya mutaxassislarining ma'lum qilishicha, kiberhujum ortida AQSh Demokratlar partiyasi ma'lumotlar bazasini buzib kirishda ayblangan Cozy Bear guruhi turibdi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid