Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Hindiston harbiy logistika bo‘yicha kelishuv imzoladi
AQSh va Hindiston 29 avgustda harbiy logistika bo‘yicha memorandum imzoladi, deb aytilmoqda ikki davlat mudofaa vazirliklari bayonotida.
Kelishuvning tayyorlanishi haqida Hindiston bosh vaziri Narendra Modining AQShga iyundagi tashrifi vaqtida ma'lum bo‘lgan.
Kelishuv AQShning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari bilan mavjud bo‘lgan kelishuvlarga o‘xshash. U Hindiston va AQShga bir-birlarining harbiy bazalaridan texnik ta'minlash, xizmat ko‘rsatish, yoqilg‘i quyish va boshqa ishlarda foydalanish uchun qulay to‘lov tizimini kiritishga imkon beradi.
AQSh Hindiston bilan harbiy savdo va harbiy texnologiyalar bilan almashishni rivojlantirmoqchi, deb aytdi AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Vashingtonga kelgan Hindiston mudofaa vaziri Manoxar Parrikar bilan qo‘shma matbuot-anjumanida.