O‘zbekiston | 16:05 / 30.08.2016
5687
1 daqiqa o‘qiladi

Moldova O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

O‘zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moldova Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Kiyev shahrida) Ruslan Bolbochanni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Elchi O‘zbekiston respublikasi prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi ikki tomonlama shakldagi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ikki davlatning turli sohalardagi muloqotini faollashtirish, jumladan, buni qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, biznes doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish yo‘llari bilan amalga oshirish ma'qullandi.

Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha ham fikr almashildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid