Jamiyat | 15:07 / 30.08.2016
8617
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq bekor qilindi

Ukrainadagi har bir ta'lim muassasasi 1 sentabr bayramini qanday o‘tkazishni mustaqil ravishda tanlashi mumkin. Bu haqida Kiyev shahar davlat ma'muriyatining Ta'lim va ilm-fan departamenti ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, “eskilik sarqitidan qutulish” munosabati bilan tadbirning qayerda va qanday o‘tkazilishini maktab rahbariyati mustaqil ravishda belgilaydi. 

“Biz sovet o‘tmishining sarqitlaridan qutulishga va 1 sentabr bayramini qanday o‘tkazishni maktablarning o‘ziga havola qilishga harakat qilmoqdamiz”, - deydi Kiyev shahar davlat ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Anna Starostenko. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid