Jahon | 08:29 / 31.08.2016
8778
1 daqiqa o‘qiladi

Coca-Cola’ning Fransiyadagi zavodida yirik miqdorda kokain topildi

Coca-Cola’ning Fransiyadagi zavodida ishchilar ichida kokain bo‘lgan konteynerni aniqlashdi. Marsel yaqinida topilgan giyohvand moddalar solingan qoplarning umumiy og‘irligi 370 kg ga yaqinni tashkil qildi va u 50 mln yevroga baholandi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Plastik qoplarga qoplangan kokain korxonaga Lotin Amerikasi davlatlarining biridan kelgan.

Fransiya politsiyasi xodimlari ushbu holat bo‘yicha tergov o‘tkazmoqdalar. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda hech kim hibsga olinmagan.

Bu Fransiyada Lotin Amerikasi davlatlaridan kelgan birinchi yirik miqdordagi giyohvand moddaning topilishi emas. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid