Jahon | 08:41 / 31.08.2016
5310
1 daqiqa o‘qiladi

Tinch okeanida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining fregati buzilib qoldi

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining fregati Tinch okeanining markaziy qismida buzilib qoldi. Voqea AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Independence turidagi USS Coronado sohilbo‘yi hududi harbiy kemasi bilan yuz berdi. Bu haqda Defense News’ga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.   
      
Ta'kidlanishicha, muammolar 29 avgustda kemaning dvigatel tizimida paydo bo‘lgan. Hozir fregat Gavayidagi Perl-Xarbor bazasiga qaytmoqda. Kema texnik nosozlik tufayli soatiga bor-yo‘g‘i 18,5 km tezlik bilan harakatlanmoqda. U yana 1,5 ming km yo‘l bosib o‘tishi kerak.

Kema bortida 70 nafar dengizchi bor. U bazani 26 avgustda tark etgan.

Oxirgi oylarda bu AQSh harbiy-dengiz kuchlarining birinchi buzilib qolgan kemasi emas. Iyulda Freedom, yanvarda esa Fort Worth LCS-3, undan ham oldirnoq esa eng yangi Milwaukee kemasi ishdan chiqqandi.

Mavzuga oid