Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston JCh-2018 saralashining oxirgi bosqichini g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 1 sentabr kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida Suriyaga qarshi JCh—2018 saralash uchrashuvini o‘tkazdi.
Qiyin kechgan uchrashuv tajribali hujumchi Aleksandr Geynrix 74 daqiqada urgan gol evaziga O‘zbekiston terma jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Geynrix bu golini o‘zgacha uslubda nishonladi. U gol urgach maydon tashqarisida selfi tushdi.
Guruhdagi yana ikki vakili Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari uchrashuvi koreyslarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu vaqtgacha jahon chempionatlari hal qiluvchi saralash bosqichi uchrashuvlarini hech qachon g‘alaba bilan boshlay olmagan — bungacha bo‘lgan besh saralashning to‘rttasida O‘zbekiston birinchi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan, faqat bir safar durangga erishgandi.
6 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan 3-turda O‘zbekiston Qatar terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi.
JCh—2018
3-saralash bosqichi
1 sentabr, payshanba
O‘zbekiston — Suriya 1:0
Gol: Aleksandr Geynrix, 74 (1:0).
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov — Islom To‘xtaxo‘jayev, Otabek Shukurov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov (Javohir Sohibov, 67), Server Jyeparov, Eldor Shomurodov, Sardor Rashidov (Aleksandr Geynrix, 56), Igor Sergeyev.
Suriya: Ibrohim Almeh — Ahmad As-Solih, Mouaiad Al-Ajjan, Amro Al-Midani, Nadim Sabog‘ (Usama Umari, 62), Umar Xarbin, Mahmud Al-Mavas, Abdulrazzoq Al-Hussayin (Muhammad Rafat, 84), Alaa Ash-Shbli, Hamid Mido (Xolid Al-Mbayed, 69), Zohir Al-Medani.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026