Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda sud binosida portlash sodir bo‘ldi
Kamida 12 kishi Pokiston shimoli-sharqidagi sud binosida ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lgan. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, bu portlash tufayli jabrlanganlar soni 52 nafar.
"Biz 12 kishining jasadini aniqladik. Qurbonlar orasida advokatlar, politsiyachilar va oddiy fuqarolar bor", degan qutqaruv xizmatidagi manba.
Geo TV telekanali xabariga ko‘ra, juma kuni tongida Mardan shahridagi sud binosi atrofida 2ta portlash sodir etilgan. Bir xudkush terrorchi bino darvozasi oldida, ikkinchisi ichkariroqda o‘zini portlatgan.
Ayni vaqtda harbiylar voqea joyini o‘rab olmoqda. Teraktga aloqadorlarni qidirish ishlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
12:24 / 10.06.2026