Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston va Turkiya tranzit yo‘laklarini barpo etadi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov va Turkiya transport, dengizchilik va aloqa vaziri Ahmad Arslon transport sohasida hamkorlik masalalarini muhokama etishdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAV.
Uchrashuvdagi asosiy e'tibor xalqaro tranzit-transport yo‘laklarini barpo etishga qaratilgan
"Turkmaniston va Turkiya davlatlarining "Sharq-G‘arb" va "Shimol-Janub" yo‘nalishlarida zamonaviy xalqaro transport yo‘laklarini barpo etishda imkoniyatlari kengdir", — deb qayd etgan Berdimuhammedov.
Turkmaniston rahbari va turk vaziri shuningdek, Kaspiy dengizidagi Turkmanboshi shahrida Xalqaro dengiz porti va Ashxaboddagi Xalqaro aeroportni barpo etish masalalarini ham muhokama qilishgan.
Prezident shu yilning noyabr oyida Turkmanistonda barqaror transport mavzusida Global konferensiya bo‘lishi munosabati bilan Turkiya respublikasi delegatsiyasini mazkur anjumanga taklif etgan.
Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Kaspiy dengiz porti 2 mlrd dollarga yaqin, poytaxt aeroporti 2 mlrd dollardan ortiqroq mablag‘ evaziga barpo etilmoqda.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
20:22 / 26.05.2026