Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon: «Islom Karimov bir davrning tabiatini belgilab berdi»
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon qardosh o‘zbek xalqiga hamdardlik bildirib telegramma yo‘lladi. Bu haqda prezident saytida ma'lum qilingan.
«Tojikistonda qardosh o‘zbek xalqining ulkan yo‘qotishi - hurmatli Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafoti haqidagi xabar chuqur qayg‘u bilan kutib olindi», — deya qayd etilgan ta'ziyanomada.
«Islom Abdug‘aniyevich O‘zbekiston tarixiga yetakchi davlat arbobi sifatida kirdi, u mustaqillikka erishgan mamlakatning taraqqiyoti davri mazmun-mohiyatini belgilab berdi. Donishmandligi va uzoqni ko‘ra bilishi bilan u mamlakat tashqarisida ham keng miqyosli siyosatchi sifatida obro‘-e'tiborga ega bo‘lgandi. Uning yorqin xotirasi hamisha qalbimizda bo‘ladi», deyilgan telegrammada.
«Bu qayg‘uli soatlarda biz qardosh o‘zbek xalqiga, Islom Abdug‘aniyevichning barcha qarindoshlari hamda yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz», — deyilgan ta'ziyanomada.
Tojikiston rahbari boshchiligidagi delegatsiya dafn marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga yo‘l oladi.
Mavzuga oid
18:15 / 29.06.2026
Karimovga haykal o‘rnatgan bo‘lardim, uning yopiq siyosati qirg‘iz va qozoqlarga imkoniyat yaratdi - Asqar Akayev
14:10 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
14:36 / 30.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
19:13 / 12.12.2025