Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqida Kreml saytidagi telegrammda ma'lum qilindi.
"Uning hayotdan ko‘z yumishi - O‘zbekiston xalqi, shuningdek Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)dagi mamlakatlar uchun og‘ir judolik bo‘ldi. Islom Abdug‘aniyevich eng nufuzli davlat arbobi, o‘z mamlakatining haqiqiy jonkuyari edi. Zamonaviy o‘zbek davlati tarixining muhim bosqichlari uning nomi bilan bog‘liq", - deyiladi telegrammda.
Putin marhumning oilasi hamda yaqinlari, hukumat va butun O‘zbekiston xalqiga chuqur ta'ziya izhor etdi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026