Jahon | 20:26 / 04.09.2016
52154
1 daqiqa o‘qiladi

Kubada Islom Karimov vafoti munosabati bilan motam e'lon qilindi

Kuba respublikasi davlat kengashi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan mamlakatda rasman motam e'lon qildi. Bu haqda Cubadebate hukumat portali xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, 5 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:00dan soat 24:00gacha motam davom etadi.

Shu kuni mamlakatdagi barcha davlat muassasalari hamda harbiy oliygohlar binolarida davlat bayroqlari tushirib qo‘yiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid