Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Islom Karimov haykali o‘rnatilishi mumkin
O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga Rossiya federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida haykal o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda riamo.ru sayti Madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha Moskva shahar Dumasi raisi Yevgeniy Gerasimovga asoslanib xabar bergan.
«Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi yoki konsullik binosi yaqinida hurmatli Karimov uchun yodgorlik o‘rnatilishi va haykal uchun munosib joyni belgilash juda muhim. Bu bizning xalqimiz birodarligi ramzi bo‘ladi», – degan Gerasimov.
U Islom Karimovning O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari rivojida va o‘zbek xalqining farovonligi yo‘lidagi xizmatlari beqiyos bo‘lganini qayd etib o‘tgan.
«U Sobiq Ittifoq davrida va undan keyin ham ko‘plab millatlarni birlashtirgan yetakchi edi. U ko‘plab odamlarning hurmatiga sazovor bo‘lgan inson edi. Karimov tinchlik va ahillikni ta'minlash uchun juda ko‘p mehnat qildi», – degan Gerasimov.
O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016 yilning 2 sentabr kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 78 yoshida vafot etdi. Marhum 3 sentabr kuni tug‘ilib o‘sgan shahri Samarqandga dafn etildi.
O‘zbekistonda 3 kunlik motam e'lon qilingan.
Mavzuga oid
14:10 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
14:36 / 30.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
15:11 / 25.06.2025