Jamiyat | 19:53 / 04.09.2016
18132
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda motam tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Namangan viloyatida motam tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Erta tongdan davlat idoralari, tashkilot va korxonalar, jamoat tashkilotlarining jamoalari, keksa-yu yosh qo‘lida guldasta, qalbida chuqur iztirob, yuz-ko‘zida cheksiz qayg‘u bilan viloyat markazidagi Xotira xiyoboni tomon oqib kela boshladi. 

Yig‘ilganlar Islom Karimovning davlat mustaqilligi asoschisi va rahnamosi sifatida xalq oldidagi buyuk xizmatlari haqida so‘zlab, uning vafoti nihoyatda og‘ir yo‘qotish ekanini chuqur qayg‘u bilan izhor qildi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid