Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: Xitoydagi vayronalik va kollaps butun dunyo uchun xavf yaratadi
AQSh Xitoydagi keyingi iqtisodiy o‘sishni agar u tinch va boshqa davlatlarga nisbatan tahqirlovchi xarakterda bo‘lmasa uni ma'qullaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"20 yil va ehtimol mening prezidentligim davomida Xitoyda davlat kapitalizmi moliyalashtirildi va u yerda eksportga mo‘ljallangan rivojlanish modeli ustun bo‘lgan. Shuning uchun Xitoy barchasini jadallashtirishdan kamroq manfaatdor bo‘lgan", deb hisoblamoqda Obama. Uning bahosicha, ayni vaqtda Xitoy eng yirik iqtisodiy davlatlardan hisoblanadi va "ehtimol xalqaro masalalarni hal qilishda o‘ziga muhimroq rolga erishmoqchi bo‘layotgandir".
"Biz Xitoyning xalqaro huquqlarga asoslangan tinch o‘sishini ma'qullaymiz. Nochorlashib ketgan va zaiflashgan Xitoy barcha uchun xavfli bo‘ladi. Biz Xitoy o‘ziga nafaqat o‘z xalqi uchun, balki jahon muammolarining kengroq doirasi uchun kattaroq javobgarlik olishini istaymiz. Misol uchun, iqlimning global o‘zgarishiga qarshi kurash, tabiiy ofatlar vaqtida yordam kabi muammolar", deb ta'kidlab o‘tdi Obama.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
18:38 / 26.06.2026