Jahon | 10:37 / 06.09.2016
4125
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya 2017 yilda mudofaa xarajatlarini keskin oshiradi

Janubiy Koreya 2017 yil uchun mudofaa byudjyetini 4 foizga oshirdi. Mamlakat milliy mudofaa vazirligining xabar qilishicha, bu KXDR tomonidan harbiy tahdid oshgani bilan bog‘liq. 

Shunday qilib kelasi yilda, harbiy maqsadlarga hozirgi 38,8 trln von (33 mlrd dollar) o‘rniga 40,4 trln von (36,5 mlrd dollar) sarflanadi. 

"Shimoliy Koreyaning raketa-yadro dasturdan kelib chiquvchi bevosita tahdidlariga qarshi turish maqsadida Koreya respublikasi o‘zining havo hujumidan mudofaa tizimi - KAMD’ni tashkil etishi zarur. U, yilning har qanday vaqtida raketalar parvozini aniqlay olishi, nishonlarni aniqlashi va ularni urib tushira olishi kerak", - deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida. podcherkivayetsya v soobshchenii Minoborony.

Unda ta'kidlanishicha, ajratilgan mablag‘larning qariyb 11 mlrdi HHM tizimlarini modernizatsiya qilish va harbiy aviaparkni yangilashga sarflanadi. Yana 25 mlrd dollar uharbiy xizmatchilarga maosh berish va boshqa amaliy xarajatlarga sarf etiladi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid