Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shved rassomi «Yedinaya Rossiya»ni o‘g‘rilikda aybladi
Shved rassomi Nils-Petter Ekvall (Nils-Petter Ekwall)ning bayonot berishicha, Rossiyaning «Yedinaya Rossiya» siyosiy partiyasi o‘zining saylovoldi tashviqotida uning kartinalaridan ruxsatsiz foydalanmoqda. Rassom bu haqda butun dunyo dizaynerlari va rassomlarini birlashtiruvchi Behance saytida so‘z yuritgan.
Nilsning so‘zlariga ko‘ra, u mahalliy SVT1 telekanalidagi ko‘rsatuvda bundan xabar topgan. Telekanal jurnalistlarining aniqlashicha, «Yedinaya Rossiya» o‘zining saylovoldi tashviqotida shved rassomining 2013 yili Financial Times nashriga ishlagan illyustratsiyasidan foydalanmoqda.
Partiya vakillari ham Nijniy Novgoroddagi materiallarida kartinadan foydalanayotganlarini tasdiqlashgan bo‘lsa-da, Nils illyustratsiyasi bilan chop etilgan poligrafik mahsulot kam sonda chop etilgan.
Shu bilan birga partiya vakili Roman Zorinning telekanalga ma'lum qilishicha, «Yedinaya Rossiya» mualliflarning ruxsatisiz ularning illyustratsiyasidan foydalanmaydi va rassom bilan tovon puli yoki uzr so‘rash borasida bog‘lanishga tayyor.
Rassomning o‘zi, pul unchalik ham muhim emasligini aytib, «Rossiyadek yirik davlat uning ishini shunday foydalanishidan alamzada ekan»ini bildirgan.
Bundan tashqari, Nils «Yedinaya Rossiya» yana shunday faoliyatini davom ettirsa, unga ma'lum qilishlarini iltimos qilgan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026