Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford Shimoliy Amerikada 2,3 milliondan ortiq mashinasini chaqirib oladi
Amerikaning yirik avtomobilsozlik giganti Ford Motors kompaniyasi Shimoliy Amerikada sotilgan 2,3 milliondan ortiq avtomobilini qaytarib oladi. Bunga, mashina eshiklaridagi nosozlik sabab bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, yon eshiklar qulflaridagi nuqson ularning harakat vaqtida ochilib ketishiga olib kelgan, deyiladi kompaniya saytida.
Xabarda aytilishicha, eshik qulfidagi nuqson yo‘lovchilarning jarohat olish ehtimolini kuchaytiradi. Kompaniyaning qayd etishicha, ular xuddi shunday muammo tufayli 3 kishining jarohat olgani to‘g‘risida ma'lumotga ega.
Shunday qilib, Ford Focus (2012-2015 yillarda ishlab chiqilgan), Ford Mustang (2015 y), Ford C-MAX va bir necha boshqa modellarning AQSh, Kanada va Meksikada sotilgan namunalariga texnik xizmat ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026