Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh aviatashuvchi kemasi oktabrda Janubiy Koreyadagi mashg‘ulotlarda ishtirok etadi
AQSh harbiy-dengiz kuchlari 5-aviatashuvchi guruhi flagmani, Yaponiyaning Yokosuka shahrida joylashtirilgan USS Ronald Reagan atom aviatashuvchi kemasi oktabrda Janubiy Koreyada o‘tadigan harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
"USS Ronald Reagan 10-15 oktabrda Janubiy Koreya-AQSh harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etadi, mashg‘ulotlar Sariq dengiz va Koreya ko‘rfazida bo‘lib o‘tadi", deyilmoqda Yonhap axborot agentligi bergan xabarda.
Mashg‘ulotlardan asosiy maqsad Koreya yarimorolida qurollangan ixtilof yuz berish holatiga Shimoliy Koreyaning asosiy harbiy obektlari va rahbariyati vakillariga yuqori aniqlikdagi zarbalarni berishni mashq qilishdan iborat bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarda, shuningdek, AQShning USS Curtis Wilbur (DDG-54), USS John S. McCain (DDG-56), USS Fitzgerald (DDG-62), USS Stethem (DDG-63) va USS Barry (DDG-52) kemalari ham ishtirok etadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh mashg‘ulotlar vaqtida Janubiy Koreyaga B-2 strategik bombardimonchilarini tashlamoqchi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026